O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Toshkentda YTH sodir bo‘ldi, jabrlanganlar yo‘q

Dilafro'z Niyazova · 05.12.2024 · 20:14 · 808 views
Toshkentda YTH sodir bo‘ldi, jabrlanganlar yo‘q
Toshkentda YTH sodir bo‘ldi, jabrlanganlar yo‘q

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2024-yil 4-dekabr kuni soat 18:30 da Uchtepa tumanidagi Katta Hirmontepa va Lutfiy ko‘chalari kesishmasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

1974-yilda tug‘ilgan haydovchi K.Z. boshqaruvidagi BYD rusumidagi avtomobil 1994-yilda tug‘ilgan haydovchi X.S. boshqaruvidagi Damas avtomobili bilan to‘qnashdi.

To‘qnashuv natijasida Damas boshqaruvni yo‘qotib, elektr ustuniga urildi. Jabrlanganlar yo‘q.

Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi hodisa bo‘yicha tekshiruv o‘tkazmoqda.