Sport

Mariya Timofeyeva Portudagi WTA 125 turniri finaliga chiqdi

Mariya Timofeyeva Portudagi WTA 125 turniri finaliga chiqdi
Mariya Timofeyeva Portudagi WTA 125 turniri finaliga chiqdi / Foto: WTA.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston vakili Mariya Timofeyeva Portugaliyada o‘tkazilayotgan WTA 125 toifasidagi Eupago Porto Open turniri finaliga yo‘l oldi.

Timofeyeva yarim final uchrashuvida Slovakiya vakili Miya Pogankovyani uch setda 6:2, 6:7(3), 6:3 hisobida mag‘lub etdi.

Uchrashuv 2 soat 38 daqiqa davom etdi. G‘alabadan so‘ng Timofeyeva turnirning bosh sovrini uchun kurashish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.