Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi U-23 Osiyo o‘yinlarining yarim finalida Yaponiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Yaponiya chorak final uchrashuvida KXDRni 1:0 hisobida mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi. Ushbu uchrashuv yakunlariga ko‘ra, musobaqa mezbonlari finalga chiqish uchun O‘zbekiston terma jamoasiga raqib bo‘ldi.
Yarim final uchrashuvi 30 sentyabr kuni “Nagay” stadionida bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 15:30 da boshlanishi rejalashtirilgan.