Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston terma jamoasi vakili Shahriyor Mahkamov Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Kanoe va baydarkada eshkak eshish musobaqalarida sportchi 500 metr masofaga yakkalik baydarkada (K1) eshish bahsida g‘olib bo‘ldi.
Shahriyor Mahkamovning oltin medali O‘zbekiston terma jamoasining Osiyo o‘yinlaridagi medallar jamg‘armasiga qo‘shilgan navbatdagi sovrin bo‘ldi.
O‘zbekiston terma jamoasi hisobida jami 33 ta medal bor. Ulardan 8 tasi oltin, 16 tasi kumush va 9 tasi bronza medallaridir.