Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston terma jamoasi 46-Jahon shaxmat Olimpiadasi doirasidagi uchrashuvda Xitoy terma jamoasini 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Bu haqda O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi xabar berdi.
O‘zbekiston jamoasi tarkibida Nodirbek Abdusattorov va Nodirbek Yoqubboyev g‘alaba qozondi, Javohir Sindorov va Muhiddin Madaminov esa o‘z partiyalarini durang bilan yakunladi.
Abdusattorov Din Lijenga qarshi o‘ynab, partiyani g‘alaba bilan yakunladi. Yoqubboyev ham Yuy Yanʼini mag‘lub etib, jamoaga bir ochko keltirdi.
Sindorov Vey I bilan kuch sinashdi. Ularning partiyasi durang bilan yakunlandi. Madaminov esa Syuy Syanyuy bilan durang o‘ynadi.
Shu tariqa, Xitoyga qarshi uchrashuvda O‘zbekiston terma jamoasi to‘rt imkoniyatdan uch ochko jamg‘arib, bahsni 3:1 hisobida yakunladi.
Yetti turdan so‘ng O‘zbekiston hisobida 14 ochko bor va jamoa birinchi o‘rinni egallab turibdi.