Sport

O‘zbekistonlik to‘rt nafar hakam Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadi

O‘zbekistonlik to‘rt nafar hakam Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadi
O‘zbekistonlik to‘rt nafar hakam Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadi / Foto: O'zbekiston Milliy Olimpiya Qo'mitasi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonlik to‘rt nafar futbol hakami Yaponiyaning Ayti prefekturasi va Nagoya shahrida 19 sentyabrdan 4 oktyabrga qadar bo‘lib o‘tadigan XX Osiyo o‘yinlarida faoliyat yuritadi.

O‘zbekiston vakillari erkaklar va ayollar o‘rtasidagi futbol musobaqalari uchrashuvlarini boshqarishga jalb etiladi.

Erkaklar turnirida Firdavs Norsafarov bosh hakam etib tayinlangan bo‘lsa, Ruslan Serazitdinov hakam yordamchisi sifatida ishlaydi.

Ayollar turnirida uchrashuvlarni Roziyabonu Yusupova bosh hakam sifatida boshqaradi. Unga Kristina Sereda yordam beradi.

XX Osiyo o‘yinlari o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun qitʼa miqyosidagi nufuzli sport musobaqasida futbol uchrashuvlarini boshqarishda ishtirok etish imkonini beradi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.