Aziz G‘aniyev BAAning “Baniyas” klubiga o‘tdi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Aziz G‘aniyev BAAda ishtirok etadigan “Baniyas” futbol klubi bilan shartnoma imzoladi. O‘tish jamoaning yangi mavsum oldidan asosiy tarkibni kuchaytirish bo‘yicha ishlari doirasida amalga oshirildi. Bu haqda “Baniyas” futbol klubi xabar berdi.
G‘aniyev bilan shartnoma klub direktorlar kengashi aʼzosi Ahmad Al-Jabri ishtirokida imzolandi. U o‘zbekistonlik yarim himoyachini jamoada qutlab, faoliyatining yangi bosqichida unga muvaffaqiyat tiladi.
G‘aniyev BAAning ADNOC Pro League chempionatida ishtirok etish tajribasiga ega va xalqaro maydonda O‘zbekiston milliy terma jamoasi sharafini himoya qilishda davom etmoqda.
Yarim himoyachining avvalgi klubi «Shabab Al-Ahli» bo‘lgan. 2025/26 yilgi mavsumda jamoa ADNOC Pro League chempioni bo‘ldi.
G‘aniyev klub safida ichki musobaqalarda ham bir qator yutuqlarga erishgan.
“Baniyas”da G‘aniyevning tajribasi va o‘yindagi sifatlari jamoa tarkibini kuchaytirishga hamda klubning yangi mavsumdagi maqsadlariga erishishiga yordam berishini kutmoqda.