7
Sport

Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun kurash: O‘zbekiston ayollar terma jamoasi qachon o‘ynaydi?

Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun kurash: O‘zbekiston ayollar terma jamoasi qachon o‘ynaydi?
Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun kurash: O‘zbekiston ayollar terma jamoasi qachon o‘ynaydi?

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston ayollar futbol terma jamoasining 2027 yilda Braziliyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga yo‘llanma olish uchun o‘tkaziladigan pley-off turniridagi o‘yinlar taqvimi maʼlum bo‘ldi.

O‘zbekiston terma jamoasi Marokashda 28 noyabr, 1 dekabr va 5 dekabr kunlari uchta uchrashuv o‘tkazadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.

O‘zbekistonlik futbolchilar turnirdagi birinchi uchrashuvini 28 noyabr kuni Papua-Yangi Gvineya terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da boshlanadi. Uch kundan so‘ng, 1 dekabr kuni soat 21:30 da O‘zbekiston terma jamoasi Gana terma jamoasi bilan maydonga tushadi.

Jamoaning Janubiy Afrika Respublikasi terma jamoasiga qarshi so‘nggi uchrashuvi 5 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin soat 22:00 ga belgilangan.

Turnirning barcha uchrashuvlari Marokashdagi Muhammad VI nomidagi futbol majmuasida o‘tkaziladi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.