7
Sport

Paraosiyo o‘yinlari–2026: O‘zbekiston dzyudo bo‘yicha uchta bronza medalini qo‘lga kiritdi

Paraosiyo o‘yinlari–2026: O‘zbekiston dzyudo bo‘yicha uchta bronza medalini qo‘lga kiritdi
Paraosiyo o‘yinlari–2026: O‘zbekiston dzyudo bo‘yicha uchta bronza medalini qo‘lga kiritdi / Foto: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston terma jamoasi Aichi-Nagoya–2026 V Paraosiyo o‘yinlarida paradzyudo bo‘yicha musobaqalarda uchta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Erkaklar o‘rtasida J1 sinfida, 70 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida Ibrohimjon Akbarov bronza medali sohibi bo‘ldi. U uchinchi o‘rin uchun kechgan bellashuvda hamyurti Kosim Safarqulov ustidan g‘alaba qozondi.

Ayollar o‘rtasida J1 sinfida, 60 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida Fotima Toirova bronza medalini qo‘lga kiritdi. U uchinchi o‘rin uchun bahsda Qozog‘iston vakilasini 100:0 hisobida mag‘lub etdi.

O‘zbekistonga yana bir bronza medalini Bonu Babayeva taqdim etdi. U ayollar o‘rtasida J1 sinfida, 52 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida uchinchi o‘rin uchun bellashuvda indoneziyalik sportchi Noviya Larassatini mag‘lub etdi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.