Sport

Toshkent ilk bor stol tennisi bo‘yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi

Toshkent ilk bor stol tennisi bo‘yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi
Toshkent ilk bor stol tennisi bo‘yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi / Foto: O'zbekiston Milliy Olimpiya Qo'mitasi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent 19–25 oktyabr kunlari tarixda ilk bor kattalar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi. Qitʼa birinchiligi Olimpiya shaharchasida bo‘lib o‘tadi.

Musobaqada 33 ta mamlakatdan 255 nafar sportchi ishtirok etadi.

Medallar to‘rtta yo‘nalishda — yakkalik, juftlik, aralash juftlik va jamoaviy bahslarda o‘ynaladi.

Jamoaviy musobaqalar, shuningdek, kelasi yili Qozog‘istonda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga saralash bosqichi vazifasini ham bajaradi. Ishtirokchilar jahon birinchiligiga yo‘llanmalar uchun kurash olib boradi.

O‘zbekiston terma jamoasi mamlakatda o‘tkaziladigan ushbu musobaqada 10 nafar sportchi bilan ishtirok etadi.

12 oktyabrdan o‘zbekistonlik stol tennischilari KXDR va Qirg‘iziston terma jamoalari bilan birgalikda yakuniy o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshlaydi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.