Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston badiiy gimnastika terma jamoasi vakili Taxmina Ikromova “Aichi-Nagoya–2026” Osiyo o‘yinlarida shaxsiy ko‘pkurash bahslarida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Musobaqaning finalida o‘zbekistonlik gimnastikachi 112,950 ball jamg‘ardi. Bu unga birinchi o‘rinni egallash va chempionlik unvonini qo‘lga kiritish imkonini berdi.
Ushbu oltin medal Ikromova uchun joriy Osiyo o‘yinlaridagi uchinchi oltin medal bo‘ldi.