Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Qahramon Quronboyev O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy rivojlanish masalalari bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi.
Quronboyev bundan avval 2024 yil yanvar oyidan beri rahbarlik qilib kelgan Mahallalar uyushmasi raisi lavozimini tark etgan edi.
U Mahallalar uyushmasiga tayinlanishidan avval O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasida ishlagan va yoshlar siyosati masalalari departamentiga rahbarlik qilgan.