Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil yanvar–avgust oylarida Turkiyaga turistik maqsadlarda 212 265 nafar O‘zbekiston fuqarosi borgan.
O‘tgan yilning shu davriga nisbatan safarlar soni 30,5 ming kishiga yoki 16,8 foizga oshdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
O‘zbekiston fuqarolarining aksariyati Turkiyaga sayohat qilish maqsadida borgan — 176 137 nafar kishi.
Yana 31 158 nafar kishi mamlakatga qarindoshlarini ko‘rish maqsadida tashrif buyurgan. Davolanish uchun esa Turkiyani 2 446 nafar O‘zbekiston fuqarosi tanlagan.
Xizmat safarlarini 1 233 nafar kishi amalga oshirgan, 1 291 nafar O‘zbekiston fuqarosi esa tahsil olish uchun Turkiyaga yo‘l olgan.