7
Turizm

Toşkent viloyati uç davlat investorlari bilan turizm loyihalarini muhokama qildi

Toşkent viloyati uç davlat investorlari bilan turizm loyihalarini muhokama qildi
Toşkent viloyati uç davlat investorlari bilan turizm loyihalarini muhokama qildi / Foto: Özbekiston Respublikasi Turizm qömitasi matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Toşkent viloyati hokimligi xorijiy investorlar bilan Çorvoq hududini rivojlantiriş va tibbiyot turizmini yölga qöyiş kabi turistik loyihalarni amalga oşiriş istiqbollarini muhokama qildi. Uçraşuvlar 31-Toşkent xalqaro turizm yarmarkasi doirasida bölib ötdi.

Toşkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev Xitoy, Meksika va Pokiston vakillari bilan muzokaralar ötkazdi. Tomonlar hududning turistik va investitsiyaviy salohiyati, istiqbolli loyihalarni amalga oşiriş imkoniyatlari hamda özaro manfaatli hamkorlik yönalişlarini körib çiqdi.

Xitoylik investorlar bilan uçraşuvda viloyat hududida amalga oşirilişi rejalaştirilgan loyihalar muhokama qilindi.

Ayniqsa, Çorvoq hududida yirik turistik obyekt barpo etiş istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi. Xitoy vakillari hududning turistik jozibadorligi va loyihani amalga oşiriş imkoniyatlariga qiziqiş bildirdi. Uçraşuv iştirokçilari uning dastlabki konsepsiyasi yuzasidan ham fikr almaşdi.

Meksikalik taşabbuskorlar Toşkent viloyatida turizmning yangi yönalişlarini rivojlantiriş, mavjud xizmatlar turini kengaytiriş va yangi turistik mahsulotlarni yaratiş böyiça takliflarini taqdim etdi.

Bundan taşqari, muzokaralar iştirokçilari soha rivojining istiqbolli yönalişlaridan biri sifatida tibbiyot turizmini rivojlantiriş masalalarini muhokama qildi. Xususan, uşbu yönalişda investitsiya loyihalarini amalga oşiriş va hamkorlikni kengaytiriş imkoniyatlari körib çiqildi.

Toşkent viloyati hokimligi investorlar taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, loyihalarni amalga oşirişga zarur kömak körsatiş va xorijiy hamkorlar bilan işbilarmonlik aloqalarini mustahkamlaşga tayyorligini bildirdi.

Bunday muloqotlar xalqaro investitsiyaviy hamkorlikni kengaytiriş, turistik xizmatlar turlarini diversifikatsiya qiliş, yangi investitsiyalarni jalb etiş va viloyat turistik infratuzilmasini rivojlantirişga xizmat qilişi kutilmoqda.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.