Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston 2027 yilda volfram mahsuloti işlab çiqariş hajmini 1700 tonnaga yetkazişni rejalaştirmoqda. Bu 2026 yilda kutilayotgan körsatkiçdan 4,9 baravar köp. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, uşbu maqsadga işlab çiqariş quvvatlarini kengaytiriş, yangi texnologik loyihalarni amalga oşiriş va xomaşyo bazasini mustahkamlaş orqali erişiş rejalaştirilgan. Vazirlik baholaşiga köra, volfram sanoatida sezilarli ösiş sur’atlari kuzatilmoqda.
2026 yil boşida volfram mahsuloti işlab çiqariş hajmi 53,4 tonnani taşkil etgan bölsa, oktyabr oyida bu körsatkiç 230,9 tonnaga yetdi. Yil yakuniga qadar işlab çiqariş hajmi 350,0 tonnani taşkil etişi kutilmoqda. Yanvar–oktyabr oylarida reja 163 foizga bajarildi, işlab çiqariş esa 2025 yilning şu davriga nisbatan 6,4 baravar oşdi. 2026 yil yakunlari böyiça reja 193,7 foizga bajarilişi, 2025 yilga nisbatan ösiş esa 6,6 baravar bölişi kutilmoqda.
2026 yil yanvar–oktyabr oylarida volfram mahsuloti eksporti 123,6 tonnani taşkil etib, qiymati 27,6 million dollarga yetdi. Bu 2025 yilning şu davriga nisbatan 5,3 baravar, 2026 yil yanvar–oktyabr oylari uçun belgilangan rejadan esa 3,5 baravar köpdir. 2025 yilda eksport hajmi 42,4 tonna, qiymati esa 3,1 million dollarni taşkil etgan.
Vazirlik işlab çiqariş quvvatlarini oşiriş böyiça rejalarni ham keltirdi. Jumladan, mayin boyitiş fabrikasining quvvati 300 tonnadan 500 tonnagaça, Çirçiq şahridagi Kamyob metallar va qattiq qotişmalar zavodining gidrometallurgiya sexi quvvati esa 750 tonnadan 2500 tonnagaça oşiriladi.
Xomaşyo bilan ta’minlaş hajmi Red Persimmon loyihasi böyiça 2026 yilda 650 tonnani, 2027 yilda esa 2500 tonnagaça yetişi belgilangan. Samarqand viloyatining Nurobod tumanida joylaşgan Sariqul volfram konining quvvati 2200 tonna volfram konsentratini taşkil etadi.
Bundan taşqari, volfram konsentratini qayta işlaşga ixtisoslaşgan yangi zavodlar — gidrometallurgiya va pirometallurgiya korxonalarini işga tuşiriş ham rejalaştirilgan.