Iqtisod

Xitoy kompaniyalari Özbekistonga biznes-missiyalar yuboradi

Xitoy kompaniyalari Özbekistonga biznes-missiyalar yuboradi
Xitoy kompaniyalari Özbekistonga biznes-missiyalar yuboradi / Foto: UzDaily.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Xitoyning Anxoy provinsiyasi tadbirkorlari investitsiya imkoniyatlarini örganiş maqsadida biznes-missiyalar doirasida Özbekistonga taşrif buyurişni rejalaştirmoqda. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Mazkur kelişuv Özbekiston Boş konsulligi xodimlarining Yangi materiallar sanoati böyiça oltinçi xalqaro konferensiyadagi iştiroki davomida Benbu şahrida ötkazilgan biznes-forum yakunlari böyiça erişildi.

Taşrif doirasida Özbekiston delegatsiyasi provinsiya gubernatori örinbosari Xe Çunkuan, Benbu şahri meri Vey Syufan, savdo departamenti va mahalliy kompaniyalar vakillari bilan uçraşuvlar ötkazdi.

Biznes-forumda Anxoy provinsiyasining energetika, avtomobilsozlik, farmatsevtika, şişa işlab çiqariş, töqimaçilik, quriliş va toğ-kon sanoati sohalarida faoliyat yurituvçi 50 dan ortiq korxonasi iştirok etdi.

Forum qatnaşçilariga Özbekistonning infratuzilma imkoniyatlari, xorijiy investorlar uçun taqdim etilayotgan imtiyoz va preferensiyalar, şuningdek, iqtisodiyotni liberallaştiriş va investitsiya muhitini yaxşilaşga qaratilgan islohotlar natijalari taqdim etildi.

Xitoy kompaniyalari Özbekistonda şişa işlab çiqariş, avtomobilsozlik, energetika, qişloq xöjaligi, qayta işlaş, axborot texnologiyalari, töqimaçilik sanoati va yaşil texnologiyalar sohalaridagi loyihalarga qiziqiş bildirdi.

Forumdan söng Anhui HuiGlass Co., Ltd., Anhui Zhenli Auto Parts Co., Ltd., Anhui Aopu Automobile Brake System Co., Ltd. va Anhui BBCA Group Co., Ltd. kabi korxonalar bilan ikki tomonlama biznes muzokaralari ötkazildi. Delegatsiya şişa mahsulotlari işlab çiqarişga ixtisoslaşgan yirik korxona faoliyati bilan ham tanişdi.

Uçraşuvlar yakunlariga köra, tomonlar Qaşqadaryo viloyati hokimining noyabr–dekabr oylarida Anxoyga safari davomida mazkur kompaniyalar vakillari bilan muzokaralar taşkil etişga kelişib oldi.

Kelgusida xitoylik tadbirkorlarning Özbekistonga taşrifini taşkil etiş rejalaştirilmoqda.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.