7
Iqtisod

Özbekiston Rossiyadan amalga oşiriladigan aviaqatnovlar yönalişlari soni böyiça yetakçi böldi

Özbekiston Rossiyadan amalga oşiriladigan aviaqatnovlar yönalişlari soni böyiça yetakçi böldi
Özbekiston Rossiyadan amalga oşiriladigan aviaqatnovlar yönalişlari soni böyiça yetakçi böldi / Foto: UzDaily.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston qişki mavsumda Rossiya aviakompaniyalarining xalqaro yönalişlari soni böyiça xorijiy mamlakatlar orasida birinçi örinni egalladi. Mamlakat bu körsatkiç böyiça Xitoy va Turkiyadan özib ketdi. Bu haqda Rossiya Transport vazirligi xabar berdi.

Qişki parvozlar jadvalida Rossiya aviakompaniyalari jami 39 ta mamlakatga töğridan-töğri reyslarni amalga oşirmoqda. Rossiya Transport vazirligi Rosaviatsiya bilan hamkorlikda xalqaro yönalişlar soni eng köp bölgan önta davlat reytingini tayyorladi.

Unga köra, Özbekiston hissasiga 70 ta yönaliş töğri keladi. Xitoy 63 ta, Turkiya esa 46 ta yönaliş bilan keyingi örinlarni egallagan. Keyingi örinlarda 33 ta yönaliş bilan Misr, 32 ta yönaliş bilan Vyetnam va 29 ta yönaliş bilan Tojikiston joylaşgan.

Birinçi öntalikning qolgan qismidan Tailand (27 ta yönaliş), Qozoğiston (24), BAA (20) va Armaniston (19) örin olgan.

Rosaviatsiya uşbu yönalişlarga xizmat körsatayotgan Rossiya aviakompaniyalari soni hamda parvozlar amalga oşiriladigan şaharlar haqidagi ma’lumotlarni ham taqdim etdi.

Özbekistonga Rossiyaning 17 ta şahrida 10 ta aviakompaniya reyslarni amalga oşiradi. Xitoyga 14 ta uçiş nuqtasidan 11 ta aviakompaniya, Turkiyaga esa 25 ta şahardan 11 ta aviakompaniya parvoz qiladi.

Misrga Rossiyaning 12 ta şahridan törtta aviakompaniya, Vyetnamga 10 ta şahardan törtta, Tojikistonga esa 14 ta şahardan törtta aviakompaniya reyslarni amalga oşiradi.

Tailandga ham törtta aviakompaniya xizmat körsatadi. Uşbu mamlakatga Rossiyaning 10 ta şahridan parvoz qiliş mumkin.

Qozoğistonga Rossiyaning sakkizta şahridan yettita aviakompaniya parvoz qiladi. BAA yönalişiga 13 ta şahardan oltita aviakompaniya, Armanistonga esa 11 ta şahardan sakkizta aviakompaniya xizmat körsatadi.

Vazirlik qişki mavsumda oçiladigan va qayta tiklanadigan yangi aviayönalişlarni ham sanab ötdi. 30 oktyabrdan boşlab S7 aviakompaniyasi Novosibirskdan Male şahriga reyslarni amalga oşirmoqda. 4 noyabr kuni Iordaniyaning Royal Jordanian aviakompaniyasi Ammandan Maxaçqalaga yangi yönalişni oçdi.

13 noyabrdan Vyetnamning Sun Phuquok aviakompaniyasi Fukuok orolidan Moskvaga reyslarni yölga qöyişi kutilmoqda. Bundan taşqari, 1 dekabrdan Saudia aviakompaniyasi Jiddadan Moskvaga parvozlarni qayta tiklaşi kerak.

Aviataşuvlarning kuz-qiş mavsumi jadvali 2026 yil 25 oktyabrdan 2027 yil 27 martgaça amal qiladi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.