Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Andijon viloyatidagi “Döstlik” bojxona postida yuk avtomobili haydovçisi Özbekistondan olib çiqib ketişga uringan 17 ming AQŞ dollari naqd pul aniqlandi. Uşbu mablağ orqa örindiq ortiga yaşirilgan.
Valyuta bojxona xodimlariga taqdim etilmagan va haydovçi oğzaki sörov vaqtida ham bu haqda ma’lum qilmagan.
Qöşni davlatga ötiş uçun nazorat-ötkaziş punkti orqali harakatlanayotgan yuk avtomobili belgilangan tartibda bojxona nazoratidan ötkazilgan. Biroq haydovçining xatti-harakatlari bojxona xodimlarida şubha uyğotgan. Şundan söng transport vositasi batafsil közdan keçirilgan.
Tekşiruv natijasida avtomobil salonining orqa qismida jami 17 ming AQŞ dollari miqdoridagi naqd pul aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan tegişli hujjatlar rasmiylaştirilgan va tekşiruv tadbirlari olib borilmoqda.