Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Prezidenti 2026 yil 6 noyabr kuni «Volontyorlik faoliyatini yana-da ommalaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi PF-240-sonli Farmonni imzoladi.
Hujjat bilan «Fidoyi volontyor» kökrak nişoni ta’sis etildi, talabalar uçun professional volontyorlik dasturi joriy qilinadi hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga işga qabul qilişda volontyorlarga ustunlik beriladi.
Farmonda volontyorlikni «Ezgulik sari qadam» şiori ostida umummilliy harakatga aylantiriş va uşbu sohada xalqaro hamkorlikni kengaytiriş vazifasi belgilangan.
Buning uçun volontyorlar iştirokida ijtimoiy ahamiyatga ega tadbirlar, loyihalar va aksiyalarni taşkil etiş, ularning huquq va erkinliklariga rioya etilişini ta’minlaş, şuningdek, ularni moddiy va ma’naviy rağbatlantiriş rejalaştirilgan.
Kökrak nişonini ta’sis etişdan taşqari, hujjatda 5 dekabr — Xalqaro volontyorlar kunini keng nişonlaş hamda xalqaro taşkilotlar va xorijiy mamlakatlar vakillari iştirokida Osiyo volontyorlar forumini muntazam ötkaziş ham nazarda tutilgan.
Volontyorlik faoliyatini ommalaştirişning asosiy maqsadlari aholida, birinçi navbatda, yoşlarda ijtimoiy mas’uliyat, hamjihatlik, özaro yordam va mehr-oqibat tuyğularini şakllantirişdan iborat.
Bundan taşqari, farmon ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar, yolğiz keksalar va nogironligi bölgan şaxslarga beğaraz yordam körsatiş, şuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilişga qaratilgan xayriya tadbirlarini ötkazişni ham közda tutadi.
2027 yildan boşlab aholida, ayniqsa, yoşlar va davlat xizmatçilarida volontyorlik böyiça bilim va könikmalarni şakllantiriş maqsadida Service Learning, ya’ni ijtimoiy xizmat asosida ta’lim oliş dasturi böyiça qisqa muddatli kurslar taşkil etiladi.
Davlat oliy ta’lim muassasalari talabalari va texnikum öquvçilari uçun «Kasbiy volontyorlik» dasturi yölga qöyiladi.
Davlat organlari va taşkilotlari talabalarning öqişdan böş vaqtlarida volontyorlik guruhlari tarkibida faoliyat yuritişi uçun zarur şaroitlarni yaratişi lozim. Dasturda iştirok etiş ixtiyoriy böladi, volontyorlik yönalişi esa talabaning ta’lim olayotgan mutaxassisligiga mos kelişi kerak.
2027 yil 1 yanvardan boşlab “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga ijtimoiy xodim lavozimiga işga qabul qilişda tajriba tariqasida volontyorlik tajribasiga ega nomzodlarga ustunlik beriladi. Bu qoida nomzodlarning malaka körsatkiçlari teng bölgan taqdirda qöllaniladi.