Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Farğona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov boşçiligidagi delegatsiya Belarusning Minsk viloyati Logoysk şahrida joylaşgan “AMKODOR-LESMAŞ” korxonasiga taşrif buyurdi. Bu haqda Farğona viloyati hokimligi xabar berdi.
Taşrif davomida viloyat vakillari örmon xöjaligi va yoğoç tayyorlaş sohalari uçun möljallangan ixtisoslaştirilgan texnikalar işlab çiqariş jarayoni bilan tanişdi, şuningdek, sanoat sohasidagi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildi.
“AMKODOR-LESMAŞ” MÇJ Belarusning “AMKODOR” maşinasozlik xoldingi tarkibiga kiradi. Korxona daraxtlarni kesiş, şoxlarini tozalaş va tanalarini belgilangan uzunlikdagi bölaklarga ajratiş uçun möljallangan xarvesterlar, şuningdek, tayyorlangan yoğoçni taşişga xizmat qiluvçi forvarderlar işlab çiqaradi.
Işlab çiqariş jarayonida avtomatlaştirilgan boşqaruv tizimlari, zamonaviy muhandislik yeçimlari va yuqori texnologik uskunalar qöllaniladi. Korxona ma’lumotlariga köra, uşbu texnologiyalardan foydalaniş örmon xöjaligi işlarini mexanizatsiyalaş darajasini oşiriş, mehnat unumdorligini kötariş va işlab çiqariş xarajatlarini qisqartiriş imkonini beradi.
2025 yilda zavod 80 dona ixtisoslaştirilgan texnika işlab çiqargan. 2026 yilda esa işlab çiqariş hajmini 120 ta maşinaga yetkaziş rejalaştirilgan.
Kelgusida korxona işlab çiqariş quvvatlarini kengaytirişni maqsad qilgan.
Taşrif davomida delegatsiya işlab çiqariş maydonlari, texnologik jarayonlar va tayyor mahsulotlar bilan tanişdi.
Tomonlar, şuningdek, Farğona viloyati maşinasozlik sanoatida kooperatsiyani rivojlantiriş istiqbollari, ixtisoslaştirilgan texnikalardan foydalaniş imkoniyatlari hamda Belarus işlab çiqaruvçilarining tajribasini qöllaş masalalari yuzasidan fikr almaşdi.
=