Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA ) 26 oktyabr kuni “MONETEX” MÇJga kriptodökon faoliyatini amalga oşiriş uçun litsenziya berdi. Bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi xabar berdi.
Litsenziya kriptoaktivlar aylanmasi sohasida xizmat körsatuvçi provayderlar faoliyatini litsenziyalaş tartibi töğrisidagi nizomga muvofiq berilgan. U haqidagi ma’lumotlar litsenziyalarning elektron reyestriga kiritilgan.
Reyestr ma’lumotlariga köra, kompaniyaga CS №0021 litsenziyasi berilgan. Uning yagona ta’sisçisi — Şerzod Qosimov. Kompaniya Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek tumanida röyxatdan ötgan.
Yangi litsenziya hisobga olinganda, ILMA reyestrida kriptoaktivlar aylanmasi sohasida xizmat körsatuvçi provayderlarga tegişli 22 ta litsenziya mavjud. Ularning egalari 17 ta kompaniya hisoblanadi, çunki ayrim kompaniyalar bir neçta segmentda faoliyat yuritiş uçun litsenziya olgan.
Kriptobirja litsenziyalari ikki kompaniyaga — “ASTERIUM” AJ va “COINPAY” MÇJga berilgan. Kriptodepozitariy faoliyati uçun esa oltita kompaniya litsenziyaga ega: LOCKTON HUB, PAYNET CRYPTO, JAPAN DXT qöşma korxonasi, CITY PAY GATE, TGHAMYON va ASTERIUM.
Eng köp litsenziyaga ega segment — kriptodökonlar. Reyestrda ularning 14 ta litsenziyasi qayd etilgan. Agentlik ulardan beştasining faoliyatini olti oyga töxtatgan: CRYPTO EXPRESS faoliyati 1 iyundan, CRYPTO MAGNAT faoliyati 1 sentyabrdan, CRYPTOCORP, C-CAŞ va T-FIRM faoliyati esa 2026 yil 1 oktyabrdan boşlab töxtatilgan.
Hozirda çeklovlarsiz töqqizta kriptodökon faoliyat yuritmoqda: PAYNET CRYPTO, T-REX, CITY PAY GATE, C-BASE, ASTERIUM, UNEX PAYMENTS, NAQD-EX, COINPAY va MONETEX.
2026 yilda agentlik ikkita litsenziyani bekor qilgan. KOBEA GROUP kompaniyasining kriptobirja litsenziyasi may oyida qaytarib olingan. CRYPTO MARKET kriptodökonining litsenziyasi esa sentyabr oyida bekor qilingan, çunki kompaniya litsenziya amal qilişini qayta tiklaş uçun murojaat qilmagan.