Moliya

«Ipak yo‘li» banki to‘qqiz oyda foydasini 9,2 foizga oshirdi

«Ipak yo‘li» banki to‘qqiz oyda foydasini 9,2 foizga oshirdi
«Ipak yo‘li» banki to‘qqiz oyda foydasini 9,2 foizga oshirdi / Foto: Ipak Yuli Bank.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — «Ipak yo‘li» banki 2026 yil yanvar–sentyabr oylari yakunlariga ko‘ra, 821,8 mlrd so‘m sof foyda oldi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,2 foizga ko‘p. Bank aktivlari 60,3 foizga o‘sib, 40,1 trln so‘mga yetdi.

Faqat III chorakda, yaʼni iyul–sentyabr oylarida bank foydasi 341,3 mlrd so‘mni tashkil etdi. Bu yillik hisobda 27,7 foizga ko‘pdir. To‘qqiz oy davomida jami daromadlar 2,3 foizga oshib, 5 trln so‘mga yetdi.

Bank kapitali 12 foizga o‘sib, 4,8 trln so‘mni tashkil qildi. Kreditlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni baholash uchun ajratilgan mablag‘lar esa 52,9 foizga oshib, 336 mlrd so‘mga yetdi.

2026 yil sentyabr oyi boshida «Ipak yo‘li» bankining kredit portfeli 19,3 trln so‘mni tashkil etdi. Portfeldagi muammoli kreditlar (NPL) ulushi 1,8 foizga teng bo‘ldi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.