Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — “Özbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati LinkMaster Asia kompaniyasi bilan töğonlar va boşqa gidrotexnika inşootlarining texnik holatini monitoring qiliş texnologiyalarini joriy etiş masalasini muhokama qildi.
Uçraşuv 21 oktyabr kuni kompaniyaning Vaziyatlar markazida bölib ötdi. Unda boşqaruv raisining birinçi örinbosari — boş muhandis Bekzod Amirsaidov rahbarlik qildi.
LinkMaster Asia vakillari yuk kötaruvçi konstruksiyalar va infratuzilma obyektlarining holatini datçiklar hamda ölçaş uskunalari yordamida nazorat qilişga möljallangan yeçimlarni taqdim etdi. Bunday tizimlar konstruksiyalardagi deformatsiyalar, siljişlar, tebranişlar va kuçlanişlarni uzluksiz yoki davriy ravişda kuzatiş imkonini beradi.
Olingan ma’lumotlar inşootlarning texnik holatidagi özgarişlarni öz vaqtida aniqlaş va ehtimoliy xavflarning oldini oliş uçun zarur çoralarni körişga yordam beradi.
Muzokaralarda uşbu texnologiyalarni gidroenergetika obyektlarida qöllaş, ularning texnik xususiyatlari va amaldagi nazorat tizimlariga integratsiya qiliş imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.
“Özbekgidroenergo”da töğonlar va boşqa yuqori darajadagi mas’uliyat talab etiladigan obyektlarni monitoring qiliş muhimligi ta’kidlandi. Bunda mintaqaga xos seysmik faollik ham hisobga olinadi. Gidrotexnika inşootlarining xavfsiz va uzluksiz işlaşini ta’minlaş soha ustuvor yönalişlaridan biri bölib qolmoqda.
Zamonaviy monitoring tizimlarini joriy etiş infratuzilma holatini baholaş samaradorligini oşiriş va obyektlardan xavfsiz foydalaniş ustidan nazoratni kuçaytiriş imkonini beradi.