Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va xalqaro xayriya taşkiloti The Rockefeller Foundation qişloq xöjaligi, oziq-ovqat xavfsizligi hamda iqlim özgarişi oqibatlariga qarşi kuraşiş sohalaridagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.
Muzokaralar Özbekiston qişloq xöjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning AQŞga işçi taşrifi doirasida bölib ötdi.
Fond prezidenti Rajiv Şoh bilan uçraşuvda tomonlar nafaqat Özbekiston, balki Markaziy Osiyoning boşqa mamlakatlari bilan ham hamkorlikni kengaytiriş imkoniyatlarini körib çiqdi. Şoh Özbekiston haqida köplab ijobiy fikrlarni eşitayotganini ta’kidlab, mintaqa davlatlari bilan hamkorlikni rivojlantirişga qiziqiş bildirdi.
Uçraşuvda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaş, tabiiy resurslardan samarali foydalaniş, iqlim özgarişi oqibatlarini yumşatiş va agrar sohaga innovatsion yeçimlarni joriy etiş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uçraşuv yakunida Ibrohim Abdurahmonov Rajiv Şohni hamkorlikning ehtimoliy yönalişlarini batafsil muhokama qiliş uçun Özbekistonga taşrif buyurişga taklif qildi.
The Rockefeller Foundation — 1913 yilda Jon Rokfeller tomonidan taşkil etilgan xalqaro xayriya jamğarmasi.
Taşkilot soğliqni saqlaş, oziq-ovqat tizimlari, energetika va innovatsion moliyalaştiriş sohalarida faoliyat yuritadi. Rajiv Şoh 2017 yildan buyon fondga rahbarlik qilib kelmoqda.