Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Beeline Uzbekistan VEON rahbariyati, direktorlar kengaşi aʼzolari va asosiy hamkorlar uçun Demo Day ötkazdi. Kompaniya aloqa, moliyaviy xizmatlar, köngiloçar kontent va şahar böylab harakatlaniş orqali mijozlarning kundalik hayotidagi rolini qanday kengaytirayotganini namoyiş etdi.
Tadbirda asosiy eʼtibor kompaniyaning raqamli portfeliga qaratildi: OQ va hambi, Beepul tölov xizmati, KINOM va riitm köngiloçar platformalari, biznes uçun AdTech yeçimlari, şuningdek VEON Group tarkibiga kiruvçi Uklon bilan integratsiya imkoniyatlari.
Bu xizmatlar birgalikda kompaniyaga mijozlar bilan kun davomida yaqinroq va muntazam aloqa örnatişga yordam beradi. Ular orqali odamlar aloqada böladi, tölov qiladi, kontent tomoşa qiladi va şahar böylab harakatlanadi.
Strategiyaning keyingi bosqiçida xizmatlarning bir-biri bilan uyğun işlaşiga eʼtibor qaratiladi. Beeline Uzbekistan bir-birini töldiradigan mahsulotlarni boğlaş va ular orasidagi ötişni soddalaştirişni rejalaştirmoqda. Bu qadamlar kundalik işlarni osonlaştirişga va mijozlarni raqamli xizmatlardan muntazamroq foydalanişga rağbatlantirişga möljallangan.
Yana bir ustuvor yönaliş — kengaytirilgan intellekt (Augmented Intelligence). Beeline Uzbekistan sunʼiy intellekt yordamida mijozlarni qöllab-quvvatlaş xizmatini yaxşilaş, xizmatlarni har bir mijozning ehtiyojiga moslaştiriş va xodimlar samaradorligini oşiriş yöllarini örganmoqda. VEONʼning Augmented Intelligence yondaşuvida bu özgarişlar markazida inson turadi: texnologiya inson imkoniyatlarini kuçaytirişga xizmat qiladi.
«Özbekiston — Raqamli operator strategiyamiz uçun muhim bozor, — dedi VEON Group boş direktori Kaan Terzioglu. — Aloqa va raqamli xizmatlarni birlaştirib, odamlar va biznesni kundalik hayotning köproq jabhalarida qöllab-quvvatlaş imkoniyatini köramiz. Augmented Intelligence bu maqsadni yanada kengaytiradi: u odamlarga bilimlardan foydalaniş, puxtaroq qaror qabul qiliş va yangi imkoniyatlarni topişda yordam beradi».
Beeline Uzbekistan uçun tijoriy ustuvor vazifa — aloqa biznesining keng qamrovini raqamli xizmatlarga barqaror talabga aylantiriş. Xizmatlardan tez-tez foydalaniş, mijozga mos va bir-birini töldiradigan takliflar hamda mijoz uçun soddaroq yöl mijozlarni saqlab qolişga va raqamli biznesning uzoq muddatli ösişini qöllab-quvvatlaşga yordam berişi kerak.
«Maqsadimiz — raqamli xizmatlarimizni Özbekistonda kundalik hayotning tabiiy qismiga aylantiriş, — dedi Beeline Uzbekistan boş direktori Yevgeniy Nastradin. — Buning uçun odamlar öz xohişi bilan qaytadigan mahsulotlar yaratiş va ularni aniq foyda keltiradigan joyda bir-biriga boğlaş kerak: vaqtni tejaş, tölovlarni soddalaştiriş yoki köngiloçar kontentni qulayroq qiliş. Keyingi qadamimiz — portfelimizning kuçli tomonlarini mijozlar uçun qulayroq xizmat tajribasiga va har bir biznesning barqaror ösişiga aylantiriş».
Namoyişlar bilan bir qatorda VEON rahbariyati va direktorlar kengaşi aʼzolari Özbekistondagi uzoq muddatli ustuvor yönalişlarni, jumladan investitsiyalar, raqamli mahsulotlarni rivojlantiriş va portfel doirasida yaqinroq hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildi.
Demo Day Beeline Uzbekistan qaysi yönalişda rivojlanayotganini körsatdi. Kompaniya aloqa sohasidagi mustahkam poydevoriga tayangan holda mijozlar hayotida doimiy örin egallaydigan va mamlakatning ösib borayotgan raqamli iqtisodiyotiga hissa qöşadigan xizmatlarni rivojlantirmoqda.
Beeline Uzbekistan haqida
Beeline Uzbekistan ("Unitel" MÇJ) 2006 yil 12 sentyabrdan boşlab uşbu savdo belgisi ostida raqamli operator sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Kompaniya mamlakatdagi yirik soliq tölovçilardan biri bölib, Özbekistondagi faoliyati davomida taxminan 2,1 milliard AQŞ dollari miqdorida soliq tölagan. 2 000 dan ortiq xodimga ega Beeline Uzbekistan Top Employer 2024, 2025 va 2026 sertifikatiga sazovor bölgan.
Beeline Uzbekistan VEON Group tarkibiga kiradi. VEON 2006-yildan buyon Özbekiston telekommunikatsiya sohasiga 1,6 mlrd AQŞ dollaridan ortiq sarmoya kiritgan.
VEON — 150 milliondan ortiq abonentga aloqa xizmatlarini va 228 milliondan ortiq foydalanuvçiga raqamli xizmatlarni körsatuvçi raqamli operator. Kompaniya dunyo aholisining 6 foizdan ortiği istiqomat qiladigan beşta mamlakatda faoliyat yuritadi va odamlarning imkoniyatlarini kengaytiradigan hamda iqtisodiy ösişga xizmat qiladigan texnologik xizmatlar orqali hayotni özgartiradi. VEON aksiyalari NASDAQ birjasida savdoga qöyilgan. Batafsil maʼlumot: https://www.veon.com.
Sayt: beeline.uz
Facebook: @beeline.uz
Instagram: @beeline_uzbekistan
Telegram: @beelineuzbekistan
X: @beeline_uz
LinkedIn: @beeline-uzbekistan