Moliya

Özbekiston Markaziy banki AQŞ kompaniyalari bilan hamkorlikni muhokama qildi

Özbekiston Markaziy banki AQŞ kompaniyalari bilan hamkorlikni muhokama qildi
Özbekiston Markaziy banki AQŞ kompaniyalari bilan hamkorlikni muhokama qildi / Foto: UzDaily.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Markaziy banki rahbariyati AQŞning yetakçi kompaniyalari vakillari bilan moliya bozorini rivojlantiriş, raqamli tölovlar va investitsiyalarni jalb qiliş masalalari böyiça muzokaralar ötkazdi.

Uçraşuvlar 19 oktyabr kuni Samarqandda Özbekiston va AQŞ örtasidagi biznes va investitsiyaviy hamkorlik kengaşi doirasida bölib ötdi.

Muzokaralarda StoneX Group Inc., Visa, Nasdaq, Franklin Templeton va Citi kompaniyalari vakillari iştirok etdi. Xalqaro hamkorlar Özbekistondagi iqtisodiy ösiş va amalga oşirilayotgan islohotlar xorijiy investorlar uçun qulay şaroit yaratayotganini ta’kidladi.

Tomonlar moliya bozori infratuzilmasini rivojlantiriş, xalqaro zaxiralarni boşqariş va xedjirlaş mexanizmlarini joriy etiş böyiça hamkorlik istiqbollarini körib çiqdi.

Şuningdek, kun tartibidan raqamli tölovlar, kiberxavfsizlikni mustahkamlaş, «Oçiq banking» (Open Banking) konsepsiyasini rivojlantiriş va Qimmatli qoğozlar markaziy depozitariysi faoliyatini takomillaştiriş masalalari örin oldi.

Uçraşuvlar yakunida tomonlar uşbu yönalişlardagi hamkorlikni rivojlantiriş böyiça keyingi qadamlarni kelişib oldi.

Kengaş doirasida özbekistonlik va amerikalik kompaniyalar vakillari iştirokida «Moliya va investitsiyalar» sessiyasi ham bölib ötdi. Unga Özbekiston Markaziy banki va AQŞ Xalqaro moliya taraqqiyoti korporatsiyasi (DFC) hamraislik qildi.

Sessiya iştirokçilari Özbekistonning makroiqtisodiy istiqbollari, xususiylaştiriş jarayonlarining joriy holati va mamlakatning asosiy investitsiya ustuvorliklarini muhokama qildi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.