7
Moliya

O‘zbekistonning Alif Moliya kompaniyasi Astana International Exchange birjasida sukuk joylashtirdi

O‘zbekistonning Alif Moliya kompaniyasi Astana International Exchange birjasida sukuk joylashtirdi
O‘zbekistonning Alif Moliya kompaniyasi Astana International Exchange birjasida sukuk joylashtirdi / Foto: Astana International Exchange.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Astana International Exchange (AIX) birjaning rasmiy ro‘yxatiga O‘zbekistonning Alif Moliya kompaniyasi tomonidan Alif Moliya Sukuk SPC Limited orqali chiqarilgan 10 million AQSH dollari miqdoridagi sukukni kiritdi.

Ushbu bitim AIXning mintaqada islomiy moliyalashtirishni rivojlantirish hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari emitentlari uchun birja platformasi orqali kapital jalb qilish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan strategik maqsadlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

«Alif Moliya kompaniyasining AIXda sukuk chiqarishi mintaqaviy kapital bozorlari va islomiy moliyalashtirishni rivojlantirishda muhim qadamdir.

Ushbu bitim transchegaraviy hamkorlik salohiyatini namoyon etadi va emitentlarga platformamiz orqali kapital jalb qilish uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratadi. Biz moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytiruvchi va mintaqa kapital bozorlari rivojiga hissa qo‘shuvchi bitimlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz», — dedi AIX boshqaruvi raisi Asel Mujanova.

Sukukning joylashtirilishi AIXning islomiy kapital bozorini rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasiga muvofiq amalga oshirildi. Ushbu yo‘l xaritasi Astana Finance Days 2026 doirasida o‘tkazilgan Islomiy moliya bo‘yicha maslahat kengashining (IFAB) uchinchi yig‘ilishida taqdim etilgan.

Yo‘l xaritasida sukuk chiqarish uchun potensial emitentlar doirasini kengaytirish, emitentlar va investorlarni jalb qilish, qimmatli qog‘ozlarni bir nechta birjada bir vaqtda listingdan o‘tkazish imkoniyatlarini o‘rganish hamda bozor infratuzilmasini yana-da rivojlantirish nazarda tutilgan.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.