7
Moliya

OTB O‘zbekistonning oziq-ovqat xavfsizligi strategiyasini ishlab chiqishga ekspertlarini jalb qilishi mumkin

OTB O‘zbekistonning oziq-ovqat xavfsizligi strategiyasini ishlab chiqishga ekspertlarini jalb qilishi mumkin
OTB O‘zbekistonning oziq-ovqat xavfsizligi strategiyasini ishlab chiqishga ekspertlarini jalb qilishi mumkin

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Osiyo taraqqiyot banki (OTB) 2035 yilgacha bo‘lgan davr uchun O‘zbekistonning oziq-ovqat xavfsizligi strategiyasini ishlab chiqishga o‘z ekspertlarini jalb qilishi mumkin.

Bu masalani Oziq-ovqat xavfsizligi qo‘mitasi raisi Azizbek Urunov bank vakillari bilan mazkur sohadagi hamkorlik istiqbollariga bag‘ishlangan uchrashuvda muhokama qildi. Bu haqda O‘zbekiston Oziq-ovqat xavfsizligi qo‘mitasi xabar berdi.

Muzokaralar ishtirokchilari, shuningdek, O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) aʼzo bo‘lishi va shu munosabat bilan amalga oshirilayotgan qonunchilik islohotlari masalalarini ko‘rib chiqdi.

Strategiyani ishlab chiqishda xalqaro tajribani o‘rganish, sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, institutsional asosni mustahkamlash va hujjatni amalga oshirish mexanizmlarini shakllantirish nazarda tutilmoqda.

Bundan tashqari, tomonlar institutsional salohiyatni mustahkamlash, mutaxassislar malakasini oshirish, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taʼminlashning zamonaviy tizimlarini joriy etish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildi.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar ko‘rib chiqilgan yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.