7
O‘zbekiston

Qozog‘iston, Rossiya va O‘zbekiston Afg‘onistondan giyohvand moddalar yetkazib berish kanaliga chek qo‘ydi

Qozog‘iston, Rossiya va O‘zbekiston Afg‘onistondan giyohvand moddalar yetkazib berish kanaliga chek qo‘ydi
Qozog‘iston, Rossiya va O‘zbekiston Afg‘onistondan giyohvand moddalar yetkazib berish kanaliga chek qo‘ydi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Qozog‘iston, Rossiya va O‘zbekiston maxsus xizmatlari Afg‘onistondan giyohvand moddalarni «Shimoliy yo‘nalish» deb ataluvchi marshrut orqali kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tish kanalini fosh etdi. Rossiyaning Tyumen shahrida xalqaro narkoguruhning ikki nafar gumon qilingan aʼzosi qo‘lga olindi.

Operatsiya Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi tomonidan Rossiya va O‘zbekiston maxsus xizmatlari bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

Qo‘lga olingan shaxslarning buyumlari va ashyolarini tintuv qilish chog‘ida Afg‘onistondan kelib chiqqan 30 kilogramm gashish musodara qilindi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar bahosiga ko‘ra, ushbu moddalar partiyasining qora bozordagi qiymati taxminan 300 ming dollarni tashkil etishi mumkin.

Mazkur holat yuzasidan Rossiyaning vakolatli organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Giyohvand moddalarning xalqaro miqyosda noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar davom etmoqda.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.