Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda Chorvachilik va yaylov xo‘jaligini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosari lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi.
Botir To‘g‘ayev agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari, Shuhrat Ahmedov esa direktor o‘rinbosari etib tayinlandi.
Yangi tayinlovga qadar Botir To‘g‘ayev Qashqadaryo viloyatining Nishon tumani hokimi lavozimida ishlagan.
Shuhrat Ahmedov esa bungacha Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir tumaniga rahbarlik qilgan.