Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasining Kommunikatsiyalar departamentida kadrlar tayinlovlari amalga oshirildi.
Prezident Administratsiyasi rahbarining farmoyishi bilan Aziza Abdusabitovna Qurbonova departament boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Boshqa farmoyish bilan Xushnud G‘ayratovich Xudayberdiyev Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.