7
O‘zbekiston

Saida Mirziyoyeva Turkiya Prezidenti administratsiyasi vakillari bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Turkiya Prezidenti administratsiyasi vakillari bilan uchrashdi
Saida Mirziyoyeva Turkiya Prezidenti administratsiyasi vakillari bilan uchrashdi / Foto: Telegram/SShMirziyoyeva.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Turkiya Prezidenti Kotibiyati rahbari Hasan Do‘g‘an va Prezident Administratsiyasi bosh kotibi Hakki Susmaz bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi tarixiy va madaniy aloqalar mustahkam ekanini taʼkidladi. Bu aloqalar umumiy tarix, tillar va anʼanalarning yaqinligiga asoslangani qayd etildi.

Muzokaralar ishtirokchilari ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha keyingi qadamlarni muhokama qildi. Tomonlar o‘zaro manfaatli yangi tashabbuslar ustida birgalikda ishlashni davom ettirishga kelishib oldi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.