Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent viloyatida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasida gumonlanayotgan ikki nafar xorijiy fuqaro qo‘lga olindi.
O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati maʼlum qilishicha, ular 2 kg 18 gramm opiyni shartli xaridorga 20 ming dollarga sotayotgan vaqtda ushlangan.
Tezkor tadbir Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Ichki ishlar vazirligi vakillari bilan hamkorlikda o‘tkazildi.
Idora maʼlumotlariga ko‘ra, 1972 va 1976 yillarda tug‘ilgan gumonlanuvchilar giyohvandlik moddasini noqonuniy yo‘llar orqali O‘zbekiston hududiga olib kirgan.
Ular opiyni shartli xaridorga topshirayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Ushlangan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.