7
O‘zbekiston

Baxtiyor Rahmonqulov FVV inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi

Baxtiyor Rahmonqulov FVV inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi
Baxtiyor Rahmonqulov FVV inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi / Foto: FVV.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Baxtiyor Tug‘ambayevich Rahmonqulov O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Rahmonqulov 2020 yil avgust oyidan buyon Toshkent shahrining Yashnobod tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

U avvalroq Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida va Toshkent shahar hokimligida turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.