O‘zbekiston

Botir Qudratxo‘jayev O‘zbekiston mudofaa vaziri etib tayinlandi

Botir Qudratxo‘jayev O‘zbekiston mudofaa vaziri etib tayinlandi
Botir Qudratxo‘jayev O‘zbekiston mudofaa vaziri etib tayinlandi / Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Botir Qudratxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan mamlakat mudofaa vaziri etib tayinlandi.

Bundan avval uning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan maʼqullangan edi.

Shuhrat Halmuhamedov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan mudofaa vaziri lavozimidan ozod etildi.

2026 yil yanvar oyida Qudratxo‘jayev O‘zbekiston ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari — Tezkor-qidiruv departamenti boshlig‘i etib tayinlangan edi. Shu munosabat bilan u 2025 yil fevral oyidan buyon egallab kelgan favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimidan ozod etilgan.

Favqulodda vaziyatlar vaziri etib tayinlanguniga qadar Qudratxo‘jayev Bosh prokuror o‘rinbosari — O‘zbekiston harbiy prokurori lavozimida ishlagan. U mazkur lavozimni 2022 yil noyabr oyidan buyon egallab kelgan.

Shuningdek, u avval Xorazm viloyati prokurori lavozimida faoliyat yuritgan, 2017 yildan Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosiga rahbarlik qilgan. 2016–2017 yillarda Toshkent shahri prokurori, 2014–2016 yillarda esa Surxondaryo viloyati prokurori bo‘lgan.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.