O‘zbekiston

O‘zbekistonda taʼlimni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi

O‘zbekistonda taʼlimni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi
O‘zbekistonda taʼlimni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi / Foto: O‘zbekiston Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — taʼlim va fan vaziri Erkinjon Turdimov vazirlik markaziy apparati xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda maktabgacha va maktab taʼlimi sifatini oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Uchrashuv ishtirokchilari amaldagi strategiya va dasturlarni amalga oshirish, zamonaviy taʼlim yondashuvlarini joriy etish, shuningdek, rahbarlar va pedagoglarning kasbiy bilim hamda ko‘nikmalarini takomillashtirish choralarini muhokama qildilar.

Turdimov soha muammolarini batafsil tahlil qilish, ularga amaliy yechimlar topish va bevosita taʼlim muassasalari faoliyatida aniq natijalarga erishish zarurligini taʼkidladi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha masʼul xodimlarga taʼlim sifatini oshirish va kadrlarning kasbiy darajasini yuksaltirishga qaratilgan aniq taklif hamda tashabbuslarni ishlab chiqish topshirildi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.