O‘zbekiston

Surxondaryoda maktab o‘quvchisi onasining mashinasida YTHga uchrab halok bo‘ldi

Surxondaryoda maktab o‘quvchisi onasining mashinasida YTHga uchrab halok bo‘ldi
Surxondaryoda maktab o‘quvchisi onasining mashinasida YTHga uchrab halok bo‘ldi / Foto: UzDaily.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Surxondaryo viloyati Termiz tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida maktab o‘quvchisi halok bo‘ldi, yana bir o‘smir tan jarohatlari oldi.

Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Yo‘l-transport hodisasi 9 oktyabr kuni sodir bo‘lgan. Idora maʼlumotiga ko‘ra, 2010 yilda tug‘ilgan, 10-sinf o‘quvchisi bo‘lgan o‘smir onasiga tegishli Cobalt rusumli avtomobilni boshqargan.

Tuman hududida yuqori tezlikda harakatlanayotgan avtomobil yo‘lning o‘rtasida joylashgan ko‘cha yoritish ustuniga borib urilgan.

Avtomobil salonida haydovchining sinfdoshi ham bo‘lgan.

To‘qnashuv oqibatida yo‘lovchi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.

Haydovchi shifoxonaga yotqizilgan.

Yo‘l-transport hodisasi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.