O‘zbekiston

Farg‘onada 800 o‘rinli shifoxona qurilishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

Farg‘onada 800 o‘rinli shifoxona qurilishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda
Farg‘onada 800 o‘rinli shifoxona qurilishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda / Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyatida davlat-xususiy sheriklik asosida 800 o‘ringa mo‘ljallangan zamonaviy ko‘p tarmoqli shifoxona qurilishi loyihasini amalga oshirishning keyingi bosqichiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Saudiya Arabistoniga amalga oshirilgan ishchi tashrif doirasida Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Vision Invest investitsiya xoldingining operatsion faoliyat bo‘yicha bosh direktori Juma Solih Al-Araymiy bilan uchrashdi.

Tomonlar loyihaning joriy holati, qurilish ishlarini boshlashga tayyorgarlik va uni amalga oshirish bo‘yicha keyingi vazifalarni muhokama qildilar.

Loyiha hududda sog‘liqni saqlash tizimini modernizatsiya qilish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish va ushbu sohaga xalqaro tajribani joriy etishga qaratilgan.

Shifoxona poydevoriga joriy yil dekabr oyida tamal toshi qo‘yilishi rejalashtirilgan.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.