Shoshilinch
O‘zbekiston

Behzod Musayev “Vatandoshlar” jamg‘armasi rahbari etib tayinlandi

Behzod Musayev “Vatandoshlar” jamg‘armasi rahbari etib tayinlandi
Behzod Musayev “Vatandoshlar” jamg‘armasi rahbari etib tayinlandi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Migratsiya agentligining sobiq rahbari Behzod Musayev “Vatandoshlar” jamoat fondi boshqaruvi raisi etib tayinlandi.

2021 yil sentyabridan buyon fond rahbari lavozimida ishlab kelgan Odiljon Sattorov endi boshqaruv raisining o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritmoqda. Bu haqda tashkilotning rasmiy manbasida maʼlumot berilgan.

Fondning rahbariyatga bag‘ishlangan sahifasida Behzod Anvarovich Musayev boshqaruv raisi, Odiljon Sattorov esa uning o‘rinbosari sifatida ko‘rsatilgan.

“Vatandoshlar” fondi 2021 yilda tashkil etilgan. Tashkilot O‘zbekiston va xorijda yashayotgan vatandoshlar o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish, ularni hamda ular tomonidan tashkil etilgan jamoat tuzilmalarini qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanadi.

Shuningdek, fond turli sohalarda faoliyat yuritayotgan vatandoshlarning kasbiy bilimlari va intellektual salohiyatini mamlakat taraqqiyoti vazifalariga jalb etishga intiladi.

2026 yil 3 sentyabr kuni Behzod Musayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Prezident qaroriga muvofiq Migratsiya agentligi direktori lavozimidan ozod etilgan edi. U agentlik rahbari etib 2024 yil sentyabr oyida tayinlangan.

Bundan avval Musayev O‘zbekiston Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligini boshqargan.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.