Shoshilinch
Iqtisod

Turkiyada zo‘ravonlikka uchragan 17 yoshli o‘zbekistonlik qiz Vatanga qaytarildi

Turkiyada zo‘ravonlikka uchragan 17 yoshli o‘zbekistonlik qiz Vatanga qaytarildi
Turkiyada zo‘ravonlikka uchragan 17 yoshli o‘zbekistonlik qiz Vatanga qaytarildi / Foto: O‘zbekiston TIV.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Turkiyada turmush qurishga majburlash, jismoniy zo‘ravonlik va majburiy mehnatga duch kelgani haqida xabar bergan 17 yoshli O‘zbekiston fuqarosi O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulligi va Migratsiya jamg‘armasi ko‘magida Vatanga qaytarildi.

Konsullik maʼlumotiga ko‘ra, qiz Turkiyaga o‘qish bahonasida olib ketilgan.

Keyinchalik u diplomatik vakolatxonaga yordam so‘rab murojaat qilgan va boshidan kechirgan zo‘ravonliklar, shuningdek, uni turmush qurishga majburlashga urinishlar haqida maʼlum qilgan.

Bosh konsullik advokatlarni jalb etib, fuqaroga konsullik va huquqiy yordam ko‘rsatdi. Migratsiya jamg‘armasi ko‘magida qizni O‘zbekistonga qaytarishga muvaffaq bo‘lindi.

Qizning xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, uni ijtimoiy, huquqiy va psixologik jihatdan himoya qilish masalalari tegishli tashkilotlar nazoratiga olindi.

Xorijda ishlayotgan va zo‘ravonlik, majburiy mehnat, kamsitish yoki og‘ir moddiy ahvolga duch kelgan O‘zbekiston fuqarolariga diplomatik vakolatxonalar va tegishli tashkilotlarga murojaat qilib, yordam so‘rash tavsiya etilmoqda.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.