Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda 2026 yilning yanvar–avgust oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan real hisobda 17 foizga oshdi.
Eng yuqori o‘sish surʼatlari Navoiy viloyati va Toshkent shahrida qayd etildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Navoiy viloyatida bozor xizmatlari hajmi 18,5 foizga, poytaxtda esa 18,4 foizga o‘sdi. Sirdaryo viloyatida ushbu ko‘rsatkich 17,7 foizga oshdi.
Andijon, Jizzax, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida 17,6 foizlik o‘sish qayd etildi.
Buxoro viloyatida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 17,2 foizga, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida esa 17,1 foizga o‘sdi.
Namangan viloyatida o‘sish 16,8 foizni, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa 16,4 foizni tashkil etdi.
Hududlar orasida eng past o‘sish surʼatlari Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida kuzatildi — har ikkisida ham 16,3 foiz.