Shoshilinch
O‘zbekiston

Mirziyoyev va Pashinyan Oʻzbekiston va Armaniston oʻrtasidagi munosabatlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi

Mirziyoyev va Pashinyan Oʻzbekiston va Armaniston oʻrtasidagi munosabatlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi
Mirziyoyev va Pashinyan Oʻzbekiston va Armaniston oʻrtasidagi munosabatlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi / Foto: Oʻzbekiston Prezidenti matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 8-oktabr kuni Avazadagi tadbirlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Oʻzbekiston – Armaniston koʻp qirrali munosabatlarini yanada kengaytirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

Turli darajalarda faol aloqalar yo‘lga qoʻyilgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Yaqinda ikki mamlakat oʻrtasida siyosiy maslahatlashuvlar oʻtkazildi.

Oʻzaro savdo hajmi ortib bormoqda, mamlakatimizda Armaniston sarmoyasi ishtirokida 80 ta korxona muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Poytaxtlar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnov yoʻlga qoʻyilgan.

Qishloq xoʻjaligi, zargarlik, yengil sanoat, farmatsevtika, kimyo va turizm sohalarida kooperatsiya loyihalarini ilgari surish muhimligi taʼkidlandi.

Bu borada Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yigʻilishi va qoʻshma ishbilarmonlik tadbirlarini samarali oʻtkazish zarurligi qayd etildi.

Tomonlar xalqaro ahamiyatga molik masalalar va koʻp tomonlama tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni ham muhokama qildilar.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.