Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Toşkent şahrining Yaşnobod tumanida töqqiz yoşli bola döstlari bilan yaşirinmaçoq öynayotgan vaqtida beş qavatli uyning tomidan yiqildi. Bu haqda prokuratura xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga köra, bolalar yaşirinmaçoq öynagan va bola yaşiriniş uçun binoning çordoğiga çiqqan. Öyin davomida u konstruksiyaning plastik elementini bosib yuborgan. U bolaning vaznini kötara olmagan va natijada bola pastga yiqilgan.
Hodisa oqibatida bolaning son suyagi hamda çap yelka suyagi siljiş bilan keçgan siniş jarohatlarini olgani ma’lum qilindi.
Jabrlanuvçi şifoxonaga yetkazilgan. Hozirda u 2-sonli bolalar klinik şifoxonasida davolanmoqda.
Hodisa yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.