Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Ilhom Sirajev O‘zbekiston taʼlim va fan vazirining komplayens hamda ichki korrupsiyaga qarshi nazorat masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Tegishli farmon va qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolandi.
Yangi lavozimga tayinlangani munosabati bilan Sirajev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosarining taʼlimni isloh qilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Yangi lavozimida u Taʼlim va fan vazirligi tizimida komplayens hamda ichki korrupsiyaga qarshi nazorat masalalariga rahbarlik qiladi.