Sport

Kamila Rahimova China Open turnirining uchinchi bosqichiga chiqdi

Kamila Rahimova China Open turnirining uchinchi bosqichiga chiqdi
Kamila Rahimova China Open turnirining uchinchi bosqichiga chiqdi / Foto: Jeff Dean/USTA.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston vakili Kamila Rahimova Pekinda o‘tkazilayotgan WTA 1000 toifasidagi China Open turnirining uchinchi bosqichiga yo‘l oldi.

Ikkinchi bosqichda o‘zbekistonlik tennischi uch setda dunyoning 26-raqami, kanadalik Leyla Fernandesni mag‘lub etdi. Uchrashuv Rahimovaning 6:2, 4:6, 6:3 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Fernandes faoliyati davomida jahon reytingida 13-o‘ringa ko‘tarilgan. Katta shlem turnirlarida kanadalik tennischining eng yuqori natijasi 2021 yilda US Open musobaqasining finaliga chiqish bo‘lgan.

China Open turnirining uchinchi bosqichiga chiqish Rahimovaga 65 reyting ochkosini taqdim etdi. Bundan tashqari, tennischi 61 865 AQSH dollari miqdoridagi mukofot pulini kafolatladi.

Turnirning keyingi bosqichida Kamila Rahimova musobaqa to‘rida yana-da yuqorilash uchun kurashni davom ettiradi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.