Sport

O‘zbekiston shaxmat Olimpiadasida AQSHni mag‘lub etdi

O‘zbekiston shaxmat Olimpiadasida AQSHni mag‘lub etdi
O‘zbekiston shaxmat Olimpiadasida AQSHni mag‘lub etdi / Foto: Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston terma jamoasi Samarqandda o‘tkazilayotgan Jahon shaxmat Olimpiadasining 9-turida AQSH terma jamoasini 2,5:1,5 hisobida mag‘lub etdi.

Nodirbek Abdusattorov Fabiano Karuana ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Ikkinchi doskada Javohir Sindorov Uesli Sog‘a 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Nodirbek Yoqubboyev Xans Moke Nimannni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

To‘rtinchi doskada Muhiddin Madaminov Levon Aronyan bilan durang o‘ynadi — 1/2:1/2.

Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi AQSH ustidan 2,5:1,5 hisobida g‘alaba qozondi.

“O‘zbekiston-3” jamoasi Qirg‘izistonni 2,5:1,5 hisobida mag‘lub etdi.

Erjan Jaqshilikov Saydakar Saydaliyev bilan durang o‘ynadi — 1/2:1/2. Eldiyar Orozbayev Bahrom Bahrillayev bilan durang o‘ynadi — 1/2:1/2. Ruslan Sezdbekov Muhammadali Abdurahmonov bilan durang o‘ynadi — 1/2:1/2. Timur Daudov Asrorjon Omonovga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

“O‘zbekiston-2” Niderlandiya terma jamoasi ustidan g‘alaba qozondi. Jahongir Vohidov Anish Girini 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Abdimalik Abdisalimovning Yorden van Forestga qarshi partiyasi xabar eʼlon qilingan vaqtda hali yakunlanmagan edi. Muhammadzohid Suyarov Loyek van Veli ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ortiq Nig‘matov Ervin L‘Amni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.