O‘zbekiston

Toshkent viloyatida qariyb 95 kg gashish musodara qilindi

Toshkent viloyatida qariyb 95 kg gashish musodara qilindi
Toshkent viloyatida qariyb 95 kg gashish musodara qilindi / Foto: Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent viloyatining Qibray tumanida Bojxona qo‘mitasining kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda qariyb 95 kg gashishni musodara qildi. Bu haqda “Gazeta”ga Bojxona qo‘mitasi matbuot kotibi Husen Tangriyev maʼlum qildi.

Giyohvandlik moddasi dala hududidagi daraxtlar orasida to‘rtta xo‘jalik xaltasiga yashirilgan.

Jami xaltalardan gashish solingan 109 ta paket topilgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar yashirilgan yukni olib ketishi kerak bo‘lgan shaxslar paydo bo‘lishini kutib, hududni bir haftadan ortiq vaqt davomida kuzatib borgan. Natijada ikki nafar erkak ushlangan.

Tergovning keyingi bosqichi doirasida giyohvandlik moddalarini dalaga yashirish, so‘ngra esa ularni olib chiqib ketishni tashkil etishni topshirgan shaxs ham ushlangan.

U muqaddam benzin kontrabandasi bilan bog‘liq Bojxona qo‘mitasi tomonidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida javobgarlikka tortilgan.

Katta miqdordagi giyohvandlik moddalari aniqlangani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Mutaxassislar bahosiga ko‘ra, musodara qilingan gashish miqdori qariyb 700 ming dozaga teng. Agar partiyaning barchasi yakuniy isteʼmolchilarga sotilganida, uning qora bozordagi qiymati 10 million dollardan oshishi mumkin edi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.