O‘zbekiston

Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga ikki kunlik tashrif buyuradi

Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga ikki kunlik tashrif buyuradi
Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga ikki kunlik tashrif buyuradi / Foto: O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga ikki kunlik tashrif bilan boradi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi.

Tashrif davomida davlat rahbari asosiy sohalardagi loyihalar bilan tanishadi hamda hududni kompleks rivojlantirishning ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazadi.

Tashrif dasturidan sanoat, qishloq xo‘jaligi, taʼlim, tibbiyot, transport, turizm va sport sohalaridagi loyihalar bilan tanishish o‘rin olgan. Prezident, shuningdek, aholi bandligini taʼminlash va mahallalarni obodonlashtirish borasidagi ishlar bilan tanishadi.

Tashrif doirasida qator yangi obyektlarni foydalanishga topshirish, shuningdek, yangi loyihalar qurilishiga start berish rejalashtirilgan.

Alohida yig‘ilish Qoraqalpog‘istonni kompleks rivojlantirish bo‘yicha navbatdagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlanadi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.