Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 17 sentyabr kuni Tokioda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov xorijiy kadrlarni tayyorlash, tanlash va ishga joylashtirishga ixtisoslashgan Yaponiyaning Onodera User Run kompaniyasi prezidenti Djun Kato bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri xabar berdi.
Uchrashuv davomida tomonlar kompaniyaning O‘zbekiston fuqarolarini Yaponiyada ishga joylashtirishga qaratilgan loyihalarini qo‘llab-quvvatlash muhimligini qayd etdilar.
Shuningdek, O‘zbekistonning boshqa hududlarida yangi taʼlim markazlarini tashkil etish va yoshlarni kasbiy tayyorlash imkoniyatlarini kengaytirish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.
Tomonlar, shuningdek, kadrlar tayyorlash, bandlik va investitsiyalar sohalarida O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish, shuningdek, o‘zaro manfaatli yangi loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.