Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon Aʼloyev 15 sentyabr kuni Pokistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Muhammad Mudassir Tipu bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Muzokaralar davomida tomonlar ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari va o‘zaro aloqalarni yana-da rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.
Siyosiy, savdo-iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, tomonlar qator xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashdi.